Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov joriy yilda maktablarda öquv yili qanday şaklda yakunlanişi haqida ma'lumot berdi.

“Öquv yili har doimgidek 25 mayda yakunlanadi. Darslar 10 may sanasida tugaşi, şu sanadan boşlab öqituvçilar mehnat ta'tiliga çiqişi haqidagi gap-sözlar asossiz. 

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan xalq ta'limi tizimidagi taşkilot va muassasalarda 2019-2020 öquv yili onlayn maktab loyihasi doirasida taşkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

Imtihonlarga kelsak, Respublika komissiyasi, Xalq ta'limi vazirligi va tegişli davlat taşkilotlari tomonidan 5-11-sinf öquvçilari uçun bosqiçli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini ötkaziş yöllari yoki bekor qiliş masalasi körib çiqilyapti. Aniq axborot rasman taqdim etiladi.

Har qanday holatda ham öquvçilar imtihon uçun emas, özlari uçun öqişlarini va onlayn maktab darslarini kuzatib borişlarini tavsiya qilgan bölardim”, deya Şerzod Şermatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Maktablarda öquv yili öz vaqtida yakunlanadi» – Şermatov

«Maktablarda öquv yili öz vaqtida yakunlanadi» – Şermatov 👉 https://kun.uz/97652712

Posted by

Kun.uz

on Saturday, May 2, 2020