Töğri, birinçi navbatda xalqimiz birlaşib jabrdiydalarga yordam qölini çözişga şoşilmoqda. Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilar hodisa aybdorlarini qidirişga tuşib ketişgan.

Bunda «Özgidroenergo» AJ raisi Abduğani Sanginov va uning öğli, 2018 yildan buyon «Töpalang HPD systems» MÇJga direktorlik qilib kelayotgan Islom Abdurahmonov ayniqsa hujumlar ostida qolmoqda.

Feysbukdagi postlardan biridan skrinşot

Sanginov kim özi?

Suratda örtada senator Abduğani Sanginov

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, «Özgidroenergo» AJ raisi Abduğani Sanginov gidrotexnik injyener, azaldan gidroenergiya inşootlari quriş bilan şuğullanib kelgan.

Masalan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 1982 yilda barpo etilişi boşlangan «Töpalang» suv omborining yakuniy bosqiçini qurgan, «Töpalang» GES modernizatsiya qilinmoqda, hozir bu yerda «Zarçob» kiçik GESlar kaskadi qurilmoqda. Şuningdek, Katta Farğona kanalining Namangan viloyati Uçqörğon tumanidan ötgan qismida kiçik GESlar kaskadi, Samarqand viloyati Past Darğom tumanida 5ta mikroGES, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi mikroGES, Toşkent viloyatida Tuyaböğiz kiçik GESi va boşqa bir qator qurilişlar ham A.Sanginov rahbarligi ostida olib borilgan.

«Sardobadagi suv ombor qurilişiga «Özbekgidroenergo»ning aloqasi yöq», deyişdi biz bilan suhbatda «Özgidroenergo» mas'ullaridan biri. Çunki aksiyadorlik jamiyati prezidentning 2017 yil 18 may kungi PQ–2972-sonli qarori bilan taşkil qilingan. Ya'ni, «Sardoba» suv ombori qurilib, işga tuşirilganidan bir kun ötgaç.

«Özbekgidroenergo» AJ gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi işlab çiqariş sohasida yagona texnik siyosatni amalga oşiriş bilan şuğullanadigan davlat kompaniyasi böldi. Kompaniya Özbekistonda yangi GESlar quriş va işlab turganlarini modernizatsiyalaş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiradi. Bu işlarga tegişli kompaniyalarni yollaydi.