«Joriy yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori öpirilişi oqibatida suv toşqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Qöşimça qilinişiça, jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini olib boriş DXX organlariga yuklatilgan.

Eslatib ötamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida töğoni 1 may tongida buzilib, suv toşib çiqqan edi. 3 may holatiga köra qutqaruvçilar tomonidan 300dan oşiq kişi toşqin oqibatlaridan qutqarilgan.

Avariya oqibatida kelib çiqqan suv toşqinlaridan söng 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan, kamida 56 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Jinoyat kodeksi

207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş

Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş, ya'ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsining öz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarça munosabatda bölişi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga köp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilişiga sabab bölsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.


258-modda. Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş

Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilişiga sabab bölsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki beş yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa qilmiş:
a) odam ölişiga;