Serbiya hukumati 4 maydan kafe va restoranlar oçilişiga ruxsat berdi. Şuningdek, jamoat transporti qisman faoliyat yurita boşlaydi.

Butun mamlakat böylab şaharlararo avtobus va temir yöl transporti harakatlanişi tiklanadi. 

8 maydan poytaxt Belgrad va Niş şahrida jamoat transporti qatnovi tiklanadi. Yölovçilar xavfsizlik qoidalariga amal qilişlari kerak böladi. Şu kuni mamlakatda boğlar va savdo markazlari oçiladi. 11 maydan esa bolalar boğçalari işlay boşlaydi. 18 maydan aviaaloqani tiklaş rejalaştirilgan.

Şuningdek, 7 maydan komendantlik soati bekor qilinadi. 

Epidemiolog Predrag Kon komendantlik soati bekor qilingandan keyin mamlakatda ba'zi çeklovlar amal qilişi davom etişini ma'lum qilgan. “Komendantlik soati bekor qilingani epidemiya bekor qilinganini anglatmaydi”, deb ogohlantirgan mutaxassis.

Şuningdek, Afrikaning eng yirik iqtisodiyotga ega va aholisi eng köp davlati hisoblangan Nigeriyada 4 maydan bir qator karantin çeklovlari bekor qilinadi. Bu birinçi navbatda mamlakatning yirik megapolislariga taalluqli böladi.

Karantin çoralari yengillaştirilişi 6 hafta davomida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Bu jarayon 3 ta bosqiçga bölinib, ulardan har biri 14 kun davom etadi.

4 maydan mamlakat aholisiga, epidemiologik vaziyat murakkab bölib qolayotgan Kano ştatidan taşqari, oziq-ovqat xaridi, işga boriş, sport bilan şuğullaniş va tibbiyot muassasalariga boriş uçun erkin harakatlanişga ruxsat beriladi. Banklar soat 8dan 14gaça işlaydi. Maktablar yopiqligiça qoladi, barça madaniy tadbirlar taqiqlov ostida böladi, restoranlarga faqat taomlarni olib ketiş uçun işlaşga ruxsat beriladi.

Jamoat joylarida tana harorati ölçanadi va tibbiy niqoblar taqib yuriş majburiy böladi.

Şu bilan birga Nigeriya prezidenti mahalliy hokimiyatlarga pandemiyaga qarşi kuraşda keng huquqlar bergan.

Nigeriya hukumati karantin yengillaştirilişiga asosiy sabablardan biri uning iqtisodiyotga salbiy ta'siri ekanini yaşirmayapti. Prezidentning ta'kidlaşiça, karantin ham davlat, ham jamiyat uçun juda katta iqtisodiy yöqotişlarga olib kelgan.