Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari qulagan tom ostida qolib ketgan ikki nafar bola va ayol kishini qutqardi
Buxoroda fuqaroning yaqinlari va farzandlari qulagan tom qismlari ostida qolib ketgan.
Joriy yilning 4 may kuni Buxoro viloyati Olot tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Xalqobod mahallasi A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro E.O‘. xonadonining tom qismidan yomg‘ir suvi o‘tib, oqibatda uyning tepa qismi qulab tushgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, fuqaroning yaqinlari va farzandlari qulagan tom qismlari ostida qolib ketgan.

Bildirilishicha, shu hududda xizmat olib borayogan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining hushyorligi va sa'y-harakatlari natijasida bino vayronasi ostida qolgan E.O‘.ning onasi Q.T., farzandlari - 5 yoshli o‘g‘li O.B. va 3 yoshli qizi O.B. qutqarib olinib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid
10:25 / 01.07.2026
Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
15:23 / 28.01.2026