Erdöğan Tarabyadagi Huber köşkida ötkazilgan Prezident Mahkamasi videokonferensiyasidan söng televideniye orqali bergan bayonotida butun dunyoga, xususan, Turkiyaga ham öz ta'sirini ötkazgan Covid-19 epidemiyasi endilikda muhim bir buriliş nuqtasiga kelganini ta'kidladi.
«Turkiya avvalboşdan epidemiyaga qarşi kuraşda 4 asosiy maqsad doirasida iş tutdi. Bular ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiyot tizimining oyoqda qolişi, asosiy ehtiyojlar bilan boğliq işlab çiqariş va ta'minot zanjirining uzilib qolmasligini ta'minlaş orqali jamoat tartibini saqlaşdir.
Hatto köplab rivojlangan mamlakatlar bu kabi masalalarda qiynalib qolgan bir paytda Turkiya davlati va millati kuraşda namuna böla oldi. Biz kasalliklarni aniqlaş va davolaş böyiça öz modelimizni işlab çiqdik va hayotga tatbiq qildik. Bu orqali ham ölim körsatkiçimizni juda past darajada uşlab turdik, ham epidemiya tarqalişining oldini oldik. Hozirgi kunda yangi bemorlarimiz soni minglik raqamlarda ifodalanadigan böldi. Jonlantiriş bölimidagi va nafas oliş jihozi ulangan xastalarimiz soni tobora kamayib bormoqda. Şifo topgan bemorlarimiz esa sezilarli ravişda ortmoqda. Barça tibbiyot xodimlarimiz – şifokorlar, hamşiralar va texnik xodimlarning fidokorona xizmatlari tufayli şifoxonalarimizda vijdonga azob beruvçi hodisalar röy bermadi.
Biz Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan taşkil etilgan Ilmiy qömitaning tavsiyalari va körsatmalari asosida turli ehtiyotkorlik çoralarini kördik. Epidemiya yuzaga kelgan mamlakatlar bilan havo va quruqlik çegaralarimizni bosqiçma-bosqiç yopdik. Ta'lim jarayonini vaqtinça töxtatdik. Barça uçraşuvlar, tadbirlar va şunga öxşaş dasturlarni keyinga qoldirdik. Insonlar bir joyda bölişiga asoslangan faoliyat turlarini butunlay töxtatdik yoki çekladik. Ibodatni masjidlarda jamoat holida emas, balki uylarda qilinişini ta'minladik. Barça mumkin bölgan sohalarda uydan turib işlaş modelini qölladik.
Şaharlararo transportlarni çeklaş orqali mamlakat içkarisida odamlar harakatining sezilarli darajada pasayişiga erişdik. Amalga oşirilgan çora-tadbirlar doirasida barça kesimlarda yordam dasturlarini tayyorladik. Moliyalaştiriş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hajmi 200 milliard liradan oşdi. Ilk ikki ijtimoiy yordam paketi bilan 4 million 400 ming fuqaromizning har biriga 1000 liradan naqd pul tarqatdik. Hozirda keng qamrovli uçinçi ijtimoiy qöllab-quvvatlaş dasturi bilan işlaşda davom etyapmiz.
Ayni paytga qadar «Biz uçun biz kifoyamiz, Turkiyam» kampaniyasi doirasida 1 milliard 910 million lira jamğarildi. Uşbu xayr-ehson kampaniyamiz hamon bardavom. Millatimiz uşbu oğir kunlarda bir-birini qöllab-quvvatladi, birdamlikda namuna böldi.
Turkiyada bu kabi işlarni amalga oşirar ekanmiz, xorijdagi fuqarolarimizni ham unutib qöyganimiz yöq.














