2020 yil 2 may kuni Özbekistonda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlaş hamda iste'molçilarini elektr energiyasi bilan ta'minlaniş maqsadida «Özbekiston MET» AJ va «Barki Toçik» kompaniyasi örtasida joriy yilning may-sentabr oylari uçun şartnoma imzolandi.
«Özbekiston MET» AJ axborot xizmati xabariga köra, ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuçlanişli havo tarmoqlari orqali amalga oşirilmoqda. Şartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uçun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali köpaytiriş ham nazarda tutilgan.
Bildirilişiça, yozgi vegetatsiya, ya'ni qişloq xöjaligidagi suğoriş mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida töplangan suvlarni sarflaş jarayonida işlab çiqariladigan elektr energiyasini Özbekistonga eksport qiliş amaliyoti mavjud bölib, bu mamlakat suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oşirişga xizmat qiladi.








