Boltiq davlatlari 15 maydan aholining qöşni davlatlar orasida erkin harakatlanişi uçun içki çegaralarini oçadi. Bu haqda Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş ma'lum qildi.

"Estoniya boş vaziri Yuri Ratas va Litva boş vaziri Saulyus Skvernyalis bilan videomuloqot çoğida 15 maydan içki çegaralarni oçiş va Boltiq mamlakatlari aholisining erkin harakatlanişiga kelişib oldik", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Litva boş vaziri Skvernyalisning fikriça, Boltiq mamlakatlari koronavirus tarqalişiga qarşi samarali kuraşa oldi.

"Biz mamlakatlarimiz soğliqni saqlaş tizimlariga işonamiz", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Ma'lumotlarga köra, Boltiq mamlakatlarida koronavirusga çalinganlar soni 3 mingdan ortiq bölib, 120 kişi vafot etgan.