Bu haqda Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş ma'lum qildi.  

“Bugun Litva va Estoniya boş vazirlari bilan videoaloqa vaqtida çegaralarni oçişga kelişib oldik. Boltiq davlatlari aholisi davlatlar orasida bemalol harakatlanişlari mumkin böladi”, deb yozgan Karinş tvitterda. Uning ta'kidlaşiça, boşqa davlatlardan keluvçi fuqarolar 14 kun davomida özlarini izolyatsiyalaşlari kerak böladi.

Yevropada öz fuqarolari uçun birinçi bölib çegaralarini Çexiya oçdi. Çexlarga 24 apreldan xorijga çiqişga ruxsat berilgan. Biroq ular xorijdan qaytgaç, özlarida koronavirus yöqligi haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim qilişlari yoki 2 haftalik karantindan ötişlari kerak böladi.