Prezident matbuot xizmati xabariga köra, suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlaşib kelayotgan bayram – faşizm ustidan qozonilgan Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarimizning jasoratli faxriylariga, döst xalqlarimizga soğlik-omonlik va farovonlik tiladilar.

Uruşda yelkama-yelka kuraşgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ota-bobolarimizning mardligi va qahramonligi avlodlarning minnatdor xotirasida abadiy qolişi alohida ta'kidlandi.

Muloqot çoğida Özbekiston va Rossiya prezidentlari ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini körib çiqdilar.

Köp qirrali hamkorlik, avvalo savdo-iqtisodiy sohada izçil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatga qaramay, mamlakatlarimizning özaro savdo hajmi ortib bormoqda. Sanoat, energetika, qişloq xöjaligi tarmoqlarida, transport sohasida, şuningdek infratuzilmani modernizatsiya qiliş böyiça muhim investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Ikki mamlakat hududlari örtasidagi kooperatsiya kuçaymoqda, madaniy-gumanitar almaşinuvlar, fan va ta'lim, soğliqni saqlaş va sport sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda.

Prezidentlar bölajak oliy darajadagi tadbirlarni puxta tayyorlaş muhimligiga e'tibor qaratdilar. Global inqirozning salbiy oqibatlari iqtisodiy hamkorlik sur'atiga ta'sir körsatişiga yöl qöymaslik maqsadida sa'y-harakatlarni yanada birlaştiriş va oldindan çora köriş muhimligi qayd etildi. Hukumat rahbarlari darajasida Qöşma komissiya va Hukumatlararo komissiya doirasidagi işlar davom ettiriladi.

Muloqotda koronavirus infeksiyasi tarqalişi bilan boğliq vaziyat muhokama qilindi. Inqirozga qarşi kuraşiş, şu jumladan, aholiga manzilli yordam körsatiş va ijtimoiy kafolatlarni kuçaytiriş, biznesga har tomonlama kömaklaşiş, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qöllab-quvvatlaş, çeklovlarni bosqiçma-bosqiç yumşatiş borasida ikkala mamlakatda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar qöllab-quvvatlandi.

Özbekiston va Rossiya hukumatlari pandemiyaga qarşi samarali kuraşiş maqsadida sa'y-harakatlarni özaro muvofiqlaştirib borişi va yaqindan hamkorlikni davom ettirişi muhimligi ta'kidlandi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, deyiladi xabarda.