2020 yil 1 may kuni Özbekistonda katta ehtimol bilan 1966 yilgi zilziladan keyingi yarim asr içidagi eng yirik ofat röy berdi – «Sardoba» suv ombori qurib bitkazilganiga uç yil ötar-ötmay dambaning bir qismi öpirilib, toşqin röy berdi. 

Hodisa oqibatida 4 kişi halok böldi, bir inson bedarak yöqoldi. Nafaqat Özbekiston, balki Qozoğistonda ham minglab insonlar boşpanasiz qoldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilişiça, suv toşqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot körgan.

Toşqin suvlari uşbu tumanlarning 10ta mahalla fuqarolar yiğini, 23ta aholi punkti, hududlardagi 4711ta turar va 277ta noturar joy obektlariga hamda 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.