Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, Samarqand viloyatida 10 bemorga (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand şahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) javob berilgan bölib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozoğiston orqali Özbekistonga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoşi kattasi 62 yoşda, yoşi kiçigi esa 4 yoşda.

Viloyatda şu paytga qadar 70 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 80 nafarga yetdi.

Şuningdek, Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 10 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan soğayganlarning 8 nafari koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoşi kattasi 49 yoşda bölsa, eng yoşi şu yil tuğilgan çaqaloq.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning barçasi erkak bölib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Qozoğistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoşi kattasi 78 yoşli otaxon bölsa, eng yoşi kiçigi 22 yoşda.

Toşkent şahrida şu paytga qadar 561 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 575 nafarga yetdi.

Sönggi kunlarda qayd etilayotgan holatlar xorijdan keluvçilar bilan boğliq. Xususan, bugun aniqlangan 62 bemordan 53 nafari xorijdan kelgaç karantinga joylaştirilgan fuqarolardir.

  • Hozirda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1870 nafarni taşkil etmoqda.