Sport | 14:01 / 11.05.2020
9881
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mutaxassis «Andijon» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Superliga 3-turidan keyin «Andijon» jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqan rossiyalik Aleksandr Xomyakov o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Muborakning «Mash'al», Qarshining «Nasaf» va Olmaliqning OKMK klublari orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub rahbariyati rossiyalik mutaxassis bilan muzokara olib bordi va muzokara ijobiy yakunlandi», - deya yoziladi xabarda.

Ma'lumot uchun, 57 yoshli Viktor Balyutovichning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning «Atirau» klubi bo‘lgandi. Ma'lum muddat Qozog‘iston milliy jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikov faoliyati mobaynida ikki marta Qozog‘iston chempioni, bir marta mamlakat kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan va uch marotaba mamlakatning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kumikov oldinroq Navoiyning «Qizilqum» klubi bilan muzokara olib borgan, biroq kelishuvga erishilmagandi.

Mavzuga oid