Natijada, aholi orasida uşbu hududdan ham koronavirus kasalligiga çalingan şaxs aniqlangani haqidagi taxminlar paydo böldi. Uşbu rastalar joylaşgan Toşkent şahri Uçtepa tumani hokimligi öz rasmiy kanallari orqali vaziyatni izohladi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Farhod» bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlardan birida yuqori harorat kuzatilgani tufayli yopilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Şuni ma'lum qilamizki, savdo rastalari ma'muriyati tomonidan «Tozalik kuni» e'lon qilingan va ayni vaqtda dökonlar sanitar normalar talablari muvofiq tayyorlanişi böyiça işlar olib borilmoqda.
Bu işlar yakunlanişi bilan ehtiyot qismlar rastalaridagi dökonlar öz işini boşlaydi», deyiladi munosabatda. Lekin bu xabarda rastalar yopilişiga aynan nima sabab bölgani töla yoritilmagan.
Kun.uz muxbiri uşbu holat yuzasidan izoh oliş uçun Soğliq saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi bilan boğlandi.
«Bozor içida kimningdir harorati kötarilgani haqidagi ma'lumotlar haqqoniy emas. Aksinça, bozorga kirişda örnatilgan tekşiruvlar davomida bir fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan. Har ehtimolga qarşi rastalarda ham dezinfeksiya işlari amalga oşirilmoqda va ularning yakuniga köra bozor işga tuşadi», dedi vazirlik rasmiysi Furqat Sanayev.







