FVV Sirdaryoda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yangi raqamlarni e'lon qildi
Jami 24 ko‘prikda diagnostika ishlari amalga oshirilib, tahlil natijalarini olish uchun laboratoriyaga taqdim etildi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Ayni damda “Sardoba suv ombori” bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari tomonidan ishlar jadal olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hududlarni suv toshqinidan hosil bo‘lgan loy va boshqa chiqindilardan tozalash, yo‘l jihozlarini qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 175 texnika hamda 416 nafar yo‘lsoz jalb qilingan holda 23561 qum shag‘al aralashmasi bilan yo‘l asosi tiklanmoqda Shuningdek, jami 24 ko‘prikda diagnostika ishlari amalga oshirilib, tahlil natijalarini olish uchun laboratoriyaga taqdim etildi.
“Suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan elektr, gaz va suv tarmoqlari qayta tiklanmoqda.
Ta'mirlash va tiklash ishlari uchun 51 ta'mirlash brigadasidan 300 yaqin malakali soha xodimlari, 32 maxsus va 60 xizmat avtomashinasi jalb qilindi.
Tadbir boshidan 2 nimstansiya, 78 transformator punkti va 254,1 km elektr uzatish tarmoqlari, 4 619 elektr ustunlarini ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, ishga tushirildi.
Natijada, 7 987 elektr ta'minoti uzilgan aholi xonadonlaridan 7 388 tasi to‘liq elektr energiya bilan ta'minlandi.
Shuningdek, talafot ko‘rgan 12 aholi punktidan 10 tasi to‘liq barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi. Elektr tarmoqlarini tiklash va ta'mirlash ishlari davom etmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 11 aholi punktida 66 km gaz quvuri, 47 dona gaz taqsimlash qurilmasi hamda 7 550 dona maishiy gaz ballonlariga zarar yetgan. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 nafar xodim va mutaxassis, 45 ta avtotransport vositasi jalb qilingan.
Hududlarni suvdan tozalash maqsadida 83 ta suv tortish nasosi xarid qilinib, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga topshirilgan. 19 ta aholi punktiga doimiy ravishda 37 ta maxsus suv tashish mashinasi orqali ichimlik suvini yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasidagi 2 dona oqava suv inshootining 3 dona nasosi ta'mirlanib, joyiga o‘rnatildi. Hududda oqava suv tizimi ishlamoqda.
Toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi FVV xabarida.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qiladi
O‘zbekiston | 12:13
-
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 11:57
-
Tramp 3 yilda raketaga qarshi yangi mudofaa tizimi yaratilishini e’lon qildi
Jahon | 11:55
Mavzuga oid

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025