Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etiş tizimida ta'limni taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Hujjatda qayd etilişiça, umumta'lim muassasalari va kasb-hunarga öqitiş markazlari faoliyat körsatmayotgan jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi olişi uçun, şuningdek barça jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning oliy ta'lim olişi uçun imkoniyat va şaroitlarni yaratiş, şuningdek probatsiya xizmati uçun kadrlar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş zarurati yuzaga kelgan.

2021/2022 öquv yilidan boşlab ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslarning masofaviy ta'lim şakli orqali:

umumiy örta ta'lim olişi uçun jazoni ijro etiş muassasalarida faoliyat körsatayotgan umumta'lim muassasalarida;

örta maxsus, kasb-hunar ta'limi olişi uçun jazoni ijro etiş muassasalarida faoliyat körsatayotgan kasb-hunarga öqitiş markazlarida;

oliy ta'lim olişi uçun tegişli oliy ta'lim muassasalarida maxsus öquv guruhlari taşkil etiladi.

Belgilab qöyilişiça:

maxsus öquv guruhida ta'lim oluvçilar soni 30 kişidan ortiq bölmaydi;

maxsus öquv guruhlarida ta'lim oluvçilarning soni oliy ta'lim muassasalarining belgilangan umumiy qabul kvotalari soniga kirmaydi va Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalaştiriladi.