Soğliqni saqlaş vazirligi Samarqand viloyatida koronavirusga çalingan bemorlardan biri vafot etgani töğrisida ma'lumot berdi.
«Toyloqlik O‘. şu yilning 9 may kuni burnidan qon ketişi va umumiy ahvoli oğirligi kuzatilganligi sababli Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda Covid-19 infeksiyasi ham aniqlangan.
Uşbu bemor (erkak) surunkali buyrak yetişmovçiligi va anemiya oğir darajasi taşxisi bilan dispanser nazoratida bölgan. Unga ikkinçi guruh nogironlik ham belgilangan. Şu yilning 28 aprelidan 5 mayigaça u yuqorida keltirilgan taşxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan.
Bemorning davolanişi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik şifokorlar tomonidan ham bir neça bor konsiliumlar ötkazilib, nazoratga olingan. Biroq mutaxassislarning standartlar asosida ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Bu Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorning vafot etişi bilan boğliq ön birinçi holatdir. Bungaça Namanganda 4, Toşkentda 5, Farğonada 1 ölim qayd etilgandi.
Qayd etiş kerakki, sönggi vaqtlarda Samarqand viloyatida epidemiologik vaziyat yomonlaşmoqda. Uşbu viloyat koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq yangi holatlar böyiça yetakçilik qilmoqda. Koronavirus infeksiyasi yuqtirib, hali tuzalmagan bemorlar soni böyiça ham viloyat sönggi örinlardan birida turibdi.
- Viloyatda şu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan, ulardan hozirgaça 103 nafar bemor butunlay uşbu infeksiyadan soğaygan, ayni paytda viloyatda 100 nafar bemor davolanmoqda.













