Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etiş tizimida ta'limni taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasining taşkiliy-ştat tuzilmasiga Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi boşliğining ta'limni taşkil etiş masalalari böyiça örinbosari lavozimi kiritiladi.
Uning zimmasiga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslarning ta'lim olişini samarali taşkil etiş va ta'lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta'minlaş uçun şaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasida Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 8 ştat birligidan iborat Ta'limni taşkil etiş boşqarmasi taşkil etiladi.
Ta'limni taşkil etiş boşqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
jazoni ijro etiş muassasalarida faoliyat körsatayotgan umumta'lim muassasalari va kasb-hunarga öqitiş markazlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va uslubiy rahbarlik qiliş;
ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslarning umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim olişini samarali taşkil etiş va ta'lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta'minlaş;
ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan sobiq talabalarning (öquvçilarning) ta'lim muassasalaridagi öqişini masofaviy ta'lim şakli orqali davom ettirişini taşkil etiş;
ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslarning masofaviy ta'lim şakli orqali ta'lim olişi va fanlarni özlaştirişi uçun zarur şaroitlar yaratilişini ta'minlaş.












