Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etiş tizimida ta'limni taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahrirdagi loyihalarida quyidagilar böyiça aniq huquqiy mexanizmlar belgilanişini ta'minlaydi:

jinoiy jazoga hukm qilingan şaxslarni ta'lim olişiga va kasb-hunar örganişiga kömaklaşişni ularni resotsializatsiya qilişning asosiy vositalaridan etib belgilaş;

ta'lim oliş va kasb-hunar örganişga vijdonan munosabatda bölişni jinoiy jazoga hukm qilingan şaxslarning asosiy majburiyatlariga kiritiş;

jinoiy jazoga hukm qilingan şaxslarning har oyda kamida bitta tavsiya etilgan adabiyotni öqişini tarbiyaviy ta'sir körsatiş şakllariga kiritiş;

jinoiy jazoga hukm qilingan şaxslarning xulq-atvorini baholaşda, jazosini yengilroq jazoga almaştirişda, jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilişda ularning ta'lim oliş va kasb-hunar örganişga vijdonan munosabatda bölganligini hisobga oliş;

masofaviy ta'lim şakli orqali ta'lim olayotgan ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslar uçun fanlarni özlaştirişiga kömaklaşiş maqsadida haftaning bir kunini ta'lim kuni sifatida belgilaş va uşbu kunda ularni mehnatga jalb qilinmasligini ta'minlaş.