“Özbekiston Respublikasining Yer kodeksiga qöşimça va özgartiş kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Yer kodeksi 23-moddasi (Yer uçastkalari beriş (realizatsiya qiliş) törtinçi qism bilan töldiriladi.
Unga köra, yangi foydalanişga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotiladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Moddaning törtinçi–oltinçi qismlar tegişinça beşinçi–yettinçi qismlar deb hisoblanadi.
24-moddaning (Yer uçastkasi ijarasi) öninçi qismi “Yer uçastkalarini ijaraga beriş” degan sözlardan keyin “, şuningdek yangi foydalanişga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotiş” degan sözlar bilan töldiriladi.
Ya'ni, yer uçastkalarini ijaraga beriş, şuningdek yangi foydalanişga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotiş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.












