Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020 — 2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, Xorazm viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi” işlab çiqilgan.

Dasturning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholini iş bilan ta'minlaniş darajasi va farovonligini oşiriş;

Hazorasp tumanida barça xizmatlarni öz içiga olgan zamonaviy logistika markazini taşkil etiş;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholining, xususan, yoşlar bandligini ta'minlaş maqsadida işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalarini işga tuşiriş;

hududning tabiiy va iqlim şaroitiga xos bölgan çorvaçilik va baliqçilik sohalarini rivojlantiriş;

yöl-transport infratuzilmasini va telekommunikatsiya tarmoğini rivojlantiriş;

işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholini içimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş hamda boşqa ijtimoiy-maişiy xizmatlar körsatiş darajasini yaxşilaş;

suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş va ularni qayta işlaş darajasini oşiriş, şuningdek, xorijiy tajriba asosida çorvaçilikni rivojlantiriş.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi “ÖzşaharsozlikLITI” DUKni jalb etgan holda, 2020 yilda Hazorasp tumani Hazorasp şaharçasining çegara loyihasini işlab çiqilişini va qonunçilikda belgilangan tartibda tasdiqlanişini, şuningdek aholi punktida birinçi navbatda qurilişi zarur bölgan qismlarining batafsil rejalaştiriş loyihalarini işlab çiqilişini ta'minlaydi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi tuman aholisini uzluksiz toza içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida yangidan “suv tozalaş inşooti” taşkil qiliş hamda Hazorasp şaharçasiga oqava suv tizimini quriş uçun 2020-2022 yillarda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan loyiha-smeta hujjatlari asosida mablağlarini jalb qiliş çoralarini köradi.