Prezident Belousovning vaqtinçalik vakolatlarini bekor qiluvçi farmoniga imzo çekkan, u endi boş vazir örinbosari lavozimiga qaytadi.
Mişustin şu haftadan videokonferensiya orqali işlaşni boşladi. 18 may kuni u tibbiyot xodimlariga ustama tölaş tartibini tanqid qildi va hozirga kelib mamlakatdagi 30ga yaqin region karantin çoralarini yumşatişga tayyorligini aytib ötdi.
Mişustin 30 aprel kuni prezident bilan videoaloqa orqali muloqoti vaqtida özida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi. U Belousov nomzodini boş vazir vazifasini bajarib turuvçi lavozimiga taklif qilgandi. Boş vazirning davolaniş jarayoni tafsilotlari ma'lum qilinmadi, faqat u Moskvadagi şifoxonalardan birida yotgani ma'lum edi.
Şundan söng ayrim naşrlar u tuzalganidan keyin ham işga qayta olmasligi va Belousov bu lavozimda doimiy asosda işlaşda davom etişi mumkinligini taxmin qilib çiqdi.
Sönggi ikki hafta davomida Mişustindan taşqari Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova va Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ham koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgandi. Lyubimova 14 may kuni soğaydi, Peskov esa hozirda ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi bilan şifoxonada davolanmoqda.













