Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Mirali Hamroyev 1983 yil 9 martda Buxoro şahrida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 2004 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (sirtqi), 2007 yilda Bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)ni tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi – menejment, moliya.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro şahar hokimligi moliya bölimi hisobxonasi 2-toifali hisobçi-taftişçisi sifatida boşlab, Buxoro şahar hokimligi moliya bölimi budjet inspeksiyasi 1-toifali iqtisodçisi (2003–2005), Buxoro şahar hokimligi moliya bölimi boşqaruv organlarini moliyalaştiriş sektori mudiri (2005–2006), Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovçisi (2006–2007), Kogon tumani hokimligi moliya bölimi mudiri örinbosari — xalq ta'limi muassasalarini moliyalaştiriş bölimi boşliği (2007–2009), Kogon şahar hokimligi moliya bölimi mudiri (2009–2012), Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot boş boşqarmasi ijtimoiy soha va turizmni rivojlantiriş bölimi boşliği (2012), Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmaçi xizmati-injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari (2012–2013), «Eriell GmbH» (Avstriya) kompaniyasining neft va gaz korxonalarini quriş departamenti katta hisobçisi (2013–2017), Kogon şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari(2017–2018) lavozimlarida işlagan.
2018 yildan şu vaqtgaça Buxoro viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan. Oilali, ikki farzandning otasi.
Eslatib ötamiz, 2017 yildan buyon Buxoro viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Jamol Nosirov 22 aprel kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga birinçi örinbosar etib tayinlangandi.








