Ösmirlar varrakni Istanbuldagi boğlardan birida mamlakatda 19 may kuni nişonlanadigan Mustafo Kamol Otaturk xotirasi kuni va yoşlar hamda sport bayrami (Atatürk'ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı) munosabati bilan uçirişgan.
1919 yil 19 may kuni Turk Respublikasi asosçisi Mustafo Kamol Otaturk Samsun şahrida yoşlar oldida nutq sözlab, Turkiyaning bir qismini egallab olgan qöşinlarga qarşi kuraşga safarbarlik e'lon qilgan. Bu nutq turk halqining milliy-ozodlik kuraşini boşlaşiga turtki bölgan.












