Fitr sadaqasi Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi tört narsaning qiymati barobarida çiqariladi. Ular: buğdoydan yarim so', arpadan bir so', mayizdan yarim so' va xurmodan bir södir. Bir so' taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.
Mazkur mahsulotlarning Toşkent şahar bozorlaridagi narxlari örganilganda 1 kg buğdoy örtaça tört ming söm, 1 kg arpa örtaça uç ming söm, 1 kg mayiz örtaça öttiz beş ming söm va 1 kg xurmo örtaça öttiz ming söm ekani aniqlandi.
Şunga köra, 2020 yil (1441 h.) uçun fitr sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm buğdoy 8 000 (sakkiz ming) söm;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (ön ikki ming) söm;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmiş ming) söm;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) söm deb belgilandi.
Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini beriş kifoya bölişi ta'kidlandi.
Fitr sadaqasi özi nima?
Fitr sadaqasining vojib ekanligida öziga xos hikmatlar bor. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u zot: “Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini rözador uçun behuda gap-söz va harakatlardan poklaniş va miskinlar uçun taomlaniş bölişi uçun farz qildilar. Kim uni hayit namozdan oldin ado qilsa, u maqbul sadaqadir. Kim uni hayit namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan bir sadaqani böladi”-dedilar. Abu Dovud va Doramiy rivoyat qiladi.
Uşbu hadisi şarifdan fitr sadaqasining hukmini va uning savobini topiş bilan birgalikda ikkita hikmat va foyda közda tutilişi ma'lum böladi.
Birinçi hikmati va foydasi fitr sadaqasi Ramazon rözasini xato va kamçiliklardan poklaydi. Şuning uçun Vake' ibn Jarroh “Ramazon oyining fitr sadaqasi xuddi namozning sahv sajdasiga öxşaydi. Namozning vojib amali tark bölgan vaqtda sahv sajdasi namozni töğrilagandek, fitr sadaqasi rözaning kamçiliklarini töğrilaydi”, - deydi. Lekin biror uzr bilan röza tutolmagan kişilar ham röza tutiş vojib bölmagan yoş bolalarga ham fitr sadaqasini beriş vojib böladi.









