IELTS`dan 6,5 ball, SAT imtihonidan 1100 ball töplagan 17 yoşli ösmir jami 29ta universitetga kirgan. Sunnatillo Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qanday qilib bunday natijaga erişgani haqida sözlab berdi.

«Men umumiy hisobda 29ta universitetga kirişga muyassar böldim. 27tasi xorijda – Amerika, Angliya, Şveytsariya, Germaniya va Dubayda joylaşgan, ikkitasi Özbekistonda.

Hujjat topşiriş jarayoniga kelsak, Amerikada Common Application degan platforma bor. Siz u yerda 20ta universitetga hujjat topşirişiz mumkin. Men Common Application`dan 5ta universitetga topşirdim.

Qolgan univeritetlarga esa, har bir universitetning qabul uçun onlayn ariza yuboriş tizimi bor, şu orqali ham hujjat topşirdim. Onlayn hujjat topşirişda sizga xalqaro talabalar bilan şuğullanadigan konsultant beradi. Siz öşa odam bilan hujjat topşiriş jarayoni, universitetga qanday kiriş, nimalar kerakligini sörasangiz böladi.

Angliyaga keladigan bölsak, u yerda ham xuddi şunday platforma bor. Xalqaro va Angliyani talabalari uçun çiqarilgan platforma UCAS deyiladi. Men UCAS orqali 3ta universitetga kirdim. Qolganlariga esa Amerikadagi universitetlar bilan bölgani kabi, onlayn ariza topşiriş orqali kirdim.

– Bu hujjat topşiriş jarayonida nimalarga e’tibor beriş kerak? Xorijiy öquv yurtlari qanday talablar asosida qabul qiladi, nimalarga ahamiyat qaratadi?

– Xorijdagi universitetlar birinçi navbatda xalqaro talabalarning baholariga, IELTS sertifikati, SAT sertifikati ballari, litsey yoki maktabdagi baholariga juda katta e’tibor qaratadi.

Öqişdan taşqari nimalar bilan band bölganingizga ham ança katta e’tibor qaratiladi. Misol uçun, volontyorlik, master-klasslarda qatnaşganlaringiz, qaysi konferensiyalarda qatnaşgansiz, sport sohasidagi yutuqlaringizni ham inobatga olişadi.

– Qabul qilingan oliy öquv yurtlaringizdan qaysi birida öqişni davom ettirmoqçisiz?

– Niyatim – Amerika yoki Angliyada öqimoqçiman. Sababi Amerika va Angliya universitetlari dunyo böyiça eng yuqori örinda turadi. Ularning reytingi juda baland.

Agar IELTS, SAT imtihonlaridan ballaringiz yoki maktab, litseydagi baholaringiz yaxşi bölsa, ular sizga scholarship, ya’ni grant berişga tayyor. Ular qobiliyatli bolalarni qidirişadi.