Şvetsiya uşbu haftada jahon antirekordini yangiladi. Mamlakatda yetti kun içida 1 mln kişiga 6,08ta ölim töğri keldi — Şvetsiya bu körsatkiç böyiça AQŞ, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarni ortda qoldirdi. Aholisi ön million bölgan mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 33 mingdan oşgan, 4 mingga yaqin kişi vafot etgan. Aholi jon boşiga ölim körsatkiçi böyiça Şvetsiya Fransiya, Italiya, Ispaniya va Britaniyadan orqada. Ammo taşvişlanarli jihati, koronavirusdan ölim körsatkiçi böyiça Şvetsiya yon qöşnilari bölgan Daniya, Finlyandiya va Norvegiyadan olti, hatto töqqiz baravar oldinda.
Eslatib ötamiz, Şvetsiyada Yevropaning boşqa mamlakatlaridan farqli ravişda qat'iy karantin joriy etilmagan, qahvaxona va restoranlar, sartaroşxonalar, savdo markazlari, bolalar boğçalari va maktablar oçiq. Töğri, mart oxirida 50dan ortiq kişi iştirokidagi tadbirlar ötkaziş taqiqlandi. Şuningdek, hukumat qariyalar uylariga borişni taqiqladi va talabalarni masofadan öqişga ötkazdi. Şvedlarga avtomobilda uyidan ikki soatlikdan ortiq masofaga bormaslik tavsiya qilindi. Bu qoidani buzganlik uçun heç qanday jarima belgilanmagan.
Koronavirusga qarşi kuraşişning şvedça modeli asosçilaridan biri boş epidemiolog Anders Tegnell hisoblanadi. U avvalroq aviareyslar yölovçilari niqob taqişlarida ma'no yöqligini aytgandi (SAS aviakompaniyasi ana şunday talabni joriy etganidan keyin).
2005-2014 yillarda Şvetsiya boş epidemiologi lavozimida faoliyat körsatgan Annika Linde esa boşqaça fikrda.
«Şvetsiya modeli har tomonlama nooqilona bölganini köramiz deb öylayman»,— dedi u.
Ikki oy avval amaldorlar may oyida aholining çorak qismi koronavirusdan immunitetga ega bölişiga umid qilgandi. Ammo aprel oxirida ötkazilgan tadqiqotda tekşiruvdan ötkazilganlarning atigi 7,3 foizida antitanalar borligi aniqlandi.
Şu bilan birga, Şvetsiya hukumatining uşbu siyosati oqibatidan öz aholisi jabr körişi mumkin: qöşni Finlyandiya va Norvegiya epidemiologik körsatkiçlardan kelib çiqib çegaralar oçilganidan keyin ham şvetsiyalik turistlarga kirişni taqiqlaşni muhokama qilmoqda.
Ekspertlar koronavirusga qarşi kuraşning şvedça modeli samaralimi yoki yöqmi degan savolga aniq javob berişga qiynalmoqda. Ular yöqotişlar borasidagi aniq xulosani kelasi yili çiqariş mumkin, degan fikrda.












