Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada koronavirus tufayli mamlakatning har bir fuqarosiga 930 dollardan to‘lash boshlandi
Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyena (taxminan 930 AQSh dollari) miqdorida nafaqa to‘lay boshladi. Bu haqda seshanba kuni ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar bo‘yicha vazir Sanae Takaichi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
«Nafaqa pulini to‘lash mamlakatning 1388ta munitsipalitetida boshlandi, bu ularning umumiy miqdoridan 79,7 foizni tashkil etadi», - deya ma’lum qildi u.
Aprel oyining oxirida Yaponiyada koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy moliyaviy yil uchun (2020 yil 1 apreldan boshlandi) qo‘shimcha 25,6 trln iyena (237 mlrd dollar) miqdorida budjet tasdiqlandi. Nafaqa to‘lash uchun mablag‘lar ushbu puldan olinadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 17,3 mingdan oshdi, 860dan ortiq kishi vafot etdi. 14 mingdan ortiq odam tuzaldi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026