Joriy yilning birinçi çoragida iPhone 11 jahondagi eng ommabop smartfon böldi, deb xabar bermoqda Omdia. 

Dastlabki uç oyda Apple 19,5 million dona iPhone 11 sotgan.

"Apple narx va mahsuldorlik örtasidagi muvozanatni topa oldi, bu esa smartfonning jozibadorligini oşirdi", — deb yozadi Omdia.

Ikkinçi örin Samsung Galaxy A51ga nasib etdi (6,8 million dona), uçlikni Redmi Note 8 yakunlab berdi. 

Eng yuqori önlikdan törttadan Apple va Samsung modellari hamda ikkita Xiaomi modeli örin oldi.

Hisobot mualliflari Samsung Galaxy S20+ smartfonining muvaffaqiyatiga alohida e'tibor qaratgan. Bu modeldagi smartfondan uç yarim million dona sotilgan bölib, u beşinçi avlod tarmoğida işlay oladigan eng ommabop smartfonga aylandi.