Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan köp tarmoqli maxsus şifoxona qurilişi bilan tanişdi.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tuğdirmoqda. Mamlakatimizda öz vaqtida körilgan çora-tadbirlar, xalqimizning çuqur tuşunişi va sabr-toqati bilan bu ofat jilovlanib, ommaviy yoyilib ketişining oldi olinyapti. Qisqa fursatlarda davolaş-profilaktika muassasalari va karantin zonalari qurilgani bunda muhim omil böldi.
Zangiota tumanidagi maxsus şifoxona loyihasining umumiy qiymati 504 milliard söm bölib, 33 gektarda 2 ta kompleks qurilmoqda. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan.
Xususan, statsionar joylarning hammasi bokslangan, har bir xona avtonom. Biridagi havo boşqasiga ötmaydi. Ularga kirib-çiqiş ham, xizmat körsatiş ham alohida. Kasallar kelgaç, qabul bölimidan tambur orqali töğridan-töğri öz palatasiga joylaştiriladi.
Barça korpuslar, bölinmalar toza va notoza yölaklar bilan ajratilgan. Toza yölakdan faqat tibbiy personal öz vazifasini bajariş uçun foydalanadi. Şifokorlar harakatlaniş çoğida sanitar ötkazgiçlar orqali ötadi. Bu barçaning – taşxisi noaniq bölganlar, vraçlar va boşqa xizmatçilarning xavfsizligini ta'minlaş imkonini beradi.
Davlat rahbari kasalxonada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Mutasaddilar bilan suhbatda undan oqilona foydalaniş, tibbiyot xodimlarini rağbatlantiriş muhimligini ta'kidladi.
- Bunday zamonaviy şifoxonani quriş sermaşaqqat, undan samarali foydalaniş esa undan ham qiyin. Şuning uçun bu yerga vraç emas, taşkilotçi odam rahbar bölişi kerak. Xodimlarning maoşi bonus tizimida bölişi zarur. Natija yaxşi bölsa, yaxşi daromad olişsin, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muassasa 2 ming öringa möljallangan. Lekin 4 ming öringaça transformatsiya qiliş imkoniyati bor.
Davlat rahbari qabul bölimi, karantin zonasi, laboratoriya va muolaja xonalari, sanitar-yuviniş joylarini sinçiklab közdan keçirdi.
Videoaloqa orqali Qoraqalpoğiston va viloyatlardagi şifokorlar bilan muloqot böldi. Telemeditsina böyiça kompleks tizim yaratiş, tumanlardan viloyat kasalxonalariga, undan respublika markazlariga boğlaniş imkoniyatini yölga qöyiş, şu bilan birga, tibbiyot xodimlarini bu böyiça öqitib, tajriba almaşuvni kengaytiriş böyiça körsatmalar berildi.



















