Uning maqsadi – Özbekiston çorvadorlari va aholisi uçun iqlimimizga moslaşgan, mahsuldorlikda çet elning valutaga olib kelinadigan zotlaridan qolişmaydigan, arzon va sersut eçki zotini işlab çiqişga erişiş.

Loyiha mahalliy dasturga ham kiritildi. 2018 yil dekabr oyida 60 boş eçki olib kelinib, Marhamatning Uluğtoğ hududi yaylovlarida parvarişlay boşlandi.

Hozirgi kunda eçkilar soni 300 boşdan oşgan bölib, xorijning Zaanen va özimizning mahalliy eçkilarni çatiştiriş yöli bilan olinayotgan yangi zotning ikkinçi avlodi ustida iş olib borilmoqda.

Tadbirkorlarning eçkilari şaroit yaxşi bölsa, ikki yil davomida 2 ming boşga yetişi kerak edi. Ammo unday bölmadi. Sababi, tuman hokimligi tomonidan eçkilarga ozuqa yetiştiriş uçun yetarli yer maydoni berilgani yöq.

Olim çorvadorning tuman, viloyat va respublika miqyosidagi mutasaddi taşkilotlarga qilgan murojaatlarga esa faqat quruq va'dalardan iborat javoblar qaytarilmoqda xolos.

«Loyiha dasturga tuşgan, lekin umuman e'tibor yöq»

Eçkilar boqilayotgan yaylov – Marhamatning qöşni Qirğiziston bilan çegara hududigi Uluğtoğ yonbağirlaridamiz. 80 yoşli tajribali çorvador özi duç kelayotgan tösiqlar va muammolar haqida gapirdi.

«Prezidentimizni ilm-fan ahliga körsatayotgan e'tibori, vatanimiz ravnaqida tadbirkorlarning rolini kötariş, fan yangiliklari, ilm-fan yutuqlarini işlab çiqarişga tatbiq qiliş haqidagi çaqiriqlaridan ruhlanib, nafaqadagi çorvador bölsam ham yangi loyihani boşladim.

Öz vaqtida çorvaçilik sohasida 40 yil işlab, qoramol zotini yaxşilaş böyiça Çorvaçilik ilmiy tekşiriş institutida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganman. Uzoq yillar «sovxoz»da zootexnik bölib işlagandim.