Hujjatda körsatilişiça, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etildi.

Bola huquqlari böyiça vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tuşuntiriş, bola huquqlari va Bola huquqlari böyiça vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini tarğib qiliş;

jismoniy va yuridik şaxslar, şu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişi töğrisidagi murojaatlarini körib çiqiş orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaş;

bola huquqlarining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining ijrosini örganiş;

öz vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etişni hamda davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş;

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qiliş va ularni himoya qiliş holatidan jamoatçilikni xabardor qiliş;

imkoniyati çeklangan bolalar, şuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşiş;

tarbiya muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning maqsadli kommunal uy-joy fondidagi belgilangan sanitariya va texnik me'yorlarga hamda qonun hujjatlarining boşqa talablariga javob beradigan turar joy bilan ta'minlanişiga kömaklaşiş.

Qarorda belgilanişiça, Bola huquqlari böyiça vakil öz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor şaxslariga tobe bölmagan tarzda bajaradi.

Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas.