Özbekiston Niderlandiyaning KidsRighs jamğarmasi tomonidan har yili e’lon qilinadigan Global bolalar huquqlari indeksida (KidsRighs Index) 96-örinni egalladi. Bu taşkilotning Rotterdamdagi Erasmus universiteti bilan hamkorlikda tayyorlagan 2026 yilgi hisobotidan ma’lum bölmoqda.
Indeks BMT Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasiga a’zo 194 mamlakatni beşta asosiy toifa böyiça baholaydi: hayot, tibbiyot, ta’lim, himoya va qulay muhit. 2026 yil yakunlariga köra, Özbekiston 0,679 ball töpladi. Mamlakatning 5 ta toifa böyiça körsatkiçlari quyidagiça: hayot 95-örin, tibbiyot 15-örin, ta’lim 101-örin, himoya 115-örin va qulay muhit 124-örin. Özbekiston reytingda ötgan yilga nisbatan 2 poğona pastlagan.
2026 yilda reyting yetakçilari Lyuksemburg (umumiy 1 balldan 0,871 ball), Islandiya (0,867), Monako va Germaniya (ikkalasi ham 0,866 ball) böldi. Yuqori öntalikka Niderlandiya, Norvegiya, Gretsiya, Belgiya, Sloveniya, şuningdek, bir xil ball töplagan Avstriya va Tailand ham kirdi.
Markaziy Osiyo davlatlariga kelsak, reytingda Qozoğiston 24-örinni egalladi. Turkmaniston 75-örinda, Qirğiziston 82-örinda, Tojikiston 92-örinda.
Taqqoslaş uçun yana bir neçta mamlakatlarni keltiramiz: Xitoy 81-örinni, Rossiya 151-örinni, Isroil 110-örinni, Ukraina 36-örinni, Buyuk Britaniya 132-örinni egalladi. AQŞ reytingda yöq, çunki BMT Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasini yaqinda imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan.
KidsRighs Index 2013 yildan buyon çop etiladi va har yili taqqoslanadigan statistik ma’lumotlar asosida bola huquqlariga rioya etilişini baholaydigan yagona global reyting hisoblanadi. Tadqiqotdan hukumatlar, inson huquqlari taşkilotlari va moliya institutlari bolalar ahvolini yaxşilaş böyiça qarorlar qabul qiliş va tavsiyalar işlab çiqiş uçun qöllanma sifatida foydalanadi.













