Aniqlanişiça, F.O. profilaktika inspektoriga qönğiroq qilib, özini DXX xodimi deya taniştiradi va unga nisbatan Nişon tumanidagi dehqon bozori hamda tuman xokimligi oldidagi 2 ta holat böyiça videoyozuv borligini aytib, aldaydi. Agarda 200 AQŞ dollari bersa göyoki profilaktika inspektorining noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan uşbu videoyozuvlar bilan boğliq muammoni hal qilib berişini bildiradi.

Tezkor tadbir davomida Kitob tumanida tuğilgan F.O.ning yonidan DXX Çegara qöşinlarining soxta guvohnomasi va bir neçta fuqarolarning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Şuningdek, u vaqtinçalik yaşab kelgan Nişon tumani “Uluğbek” MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur şaxs muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun unga nisbatan içki işlar organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, qidiruv e'lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari doirasida F.O.ga soxta guvohnomani kim tayyorlab bergani va undan jabr körgan yana boşqa fuqarolarni ham aniqlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.