Virusli dunyoda xavfsiz va qulay yashash uchun turli vositalar ishlab chiqilmoqda.

Niqoblar noqulaylik tug‘dirmasligi uchun vosita

Foto: Twitter
Foto: Twitter

Soatlab tibbiy niqobda yurish tibbiyot xodimlari uchun noqulayliklar tug‘dirishi, xususan, quloq terisining qiyilishiga sabab bo‘lishi tabiiy. Kanadalik skaut Kuinn Roni bu noqulaylikning soddagina yechimini topdi. Niqob tutqichlarini quloqda emas, boshning orqa qismida tutib turuvchi sodda moslamani 3D printerda ishlab chiqdi va o‘z shaharchasidagi shifoxonalarga bepul tarqatdi.

Kuinning oilasi moslama modelini internetga joylashtirgan, ko‘ngillilar uni 3D printerda chiqarib, tibbiyot xodimlariga yordam berishi mumkin.

Virusdan himoyalovchi niqob

Foto: virustaticshield.com

Britaniyalik bioximik olimlar virusdan himoya qoplamasiga ega niqoblar ustida 10 yil davomida ish olib borishgan. Koronavirus pandemiyasi esa bu jarayonni tezlashtirdi.

Virustatic Shield niqoblari boshqa niqoblaridan farqli ravishda mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi maxsus qoplamaga ega. U koronavirusdan ham himoyalashi aytilmoqda.

Niqob yuz konturlariga bir tekisda kiyiladi, virus yuqishi xavfi bo‘lgan a'zolar – og‘iz, quloq, burun sohasini qamrab oladi. Yengil matodan tayyorlangan bo‘lgani uchun uzoq vaqt taqib yurishda noqulaylik tug‘dirmaydi, nafas olishga xalal bermaydi. Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan, yuvib ishlatish mumkin.

Qo‘l yordamisiz eshikni ochish uchun moslama

Foto: Steve Brooks/DDB Ltd

Koronavirus metall yuzada 3 kungacha yashay olishi haqidagi fakt eshik tutqichlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.