2020 yil 27 may kuni soat 22:30da Qarşi şahri IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbiri ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida 30 yoşli A.N.ning Qarşi tumani “Töqmanğit” qişloği hududidan ijaraga olgan uyi közdan keçirilganida, uşbu uyda jami 11 tup yaşil rangli, ötkir hidli ösimlikni maxsus idişlarga ekib, parvarişlab, yetiştirib kelayotganligi, şuningdek, uşbu ösimlik barglarini quritgan holda saqlab kelayotganligi aniqlanib, örnatilgan tartibda hujjatlaştirib olingan. 

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida A.N.ning yaşaş xonadonidan olingan sof oğirligi 188 gramm ötkir hidli ösimliklar “kannabis” ösimligi ekanligi, sof oğirligi 13,5 grammni taşkil qilgan quritilayotgan ötkir hidli ösimlik barglari esa “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan Qarşi şahri IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotişga suiqasd) bilan jinoyat işi qözğatilib, A.N. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.