“Mazkur qöşma korxonaga töğridan-töğri xorijiy investitsiya yönaltirilgan. Loyihaning xorijiy investori – Filippinning “LIWAYWAY LTD GROUP” korxonasi hisoblanadi. Korxona loyihasi Filippinda işlab çiqilgan bölib, u “Nilem Proekt Stroy” MÇJ tomonidan Özbekiston Respublikasi şaharsozlik normalari va qoidalariga moslaştirilgan.

10 mln AQŞ dollari miqdoridagi investitsiya evaziga bunyod etilayotgan loyiha uçun Qibray tumani hokimi qarori bilan 1,3 gektar yer ajratilgan, bu yerda 4700 kv.metr quriliş osti binolari hamda 2500 kv.m yangi binolar (ofis va yotoqxona) qurilişi rejalaştirilgan.

Korxona töliq quvvat bilan işga tuşganida 300 ta iş örni yaratiş imkonini beradi. Birinçi bosqiçda, ya'ni 2020 yilda 50 ta iş örni yaratiladi”, deya Qibray tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Habibulla Sa'dullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, korxonada yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş möljallangan. Yiliga kamida 1 mln dollarlik mahsulot eksport qilişni rejalaştirgan korxona şu yilning sentyabrida faoliyat boşlaşi kutilmoqda.

“Viloyat hokimi Rustam Xolmatovning topşiriğiga binoan korxonani belgilangan muddatda işga tuşirişga ulguriş uçun işlar ikki smenada taşkil etiladigan böldi. Quriliş karantin talablariga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan amalga oşirilişi qat'iy ta'kidlandi”, deydi Habibulla Sa'dullayev.