“Ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari uçun utilizatsiya yiğimini joriy etiş töğrisida” hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizatsiya yiğimi stavkalari va utilizatsiya yiğimi tölanadigan ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining röyxati tasdiqlandi.
Transport vositalarini “erkin muomalaga çiqariş” (import) bojxona rejimida rasmiylaştiradigan jismoniy va yuridik şaxslar yoki Özbekiston hududida sotiladigan ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalarini işlab çiqaradigan (yiğadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik şaxslar utilizatsiya yiğimi tölovçilari hisoblanadi.



Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yiğimi tölanmaydi:
diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro taşkilotlarga, şuningdek ularning Özbekiston fuqaroligi bölmagan, diplomatik maqomga ega bölgan xodimlari va ularning oila a'zolariga tegişli transport vositalari;
işlab çiqarilganidan 30 va undan ortiq yil ötgan L va M1 toifali, şuningdek, işlab çiqarilganidan 50 va undan ortiq yil ötgan, yölovçi va yuklarni tijorat maqsadida taşişga möljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;




Özbekistonga olib kirilib “vaqtinçalik olib kiriş” bojxona rejimiga rasmiylaştirilgan transport vositalariga.







