140dan ortiq şaharda norozilik namoyişlari

25 may kuni AQŞning Minneapolis şahridagi oziq-ovqat dökoni soxta 20 dollarlik pul bilan tölov qilmoqçi bölgan xaridor ustidan şikoyat qildi. Gumondor Jorj Floydni qölga oliş jarayonida politsiya xodimi Derek Şovin uni qariyb töqqiz daqiqa davomida yerga yotqizilgan holda böynidan tizzasi bilan bosib turdi. Natijada Floyd böğilib öldi. U nafas ololmayotganini qayta-qayta aytganiga qaramay, uning sözlariga ahamiyat berilmadi. Hatto u huşini yöqotganidan keyin ham, uç daqiqadan köproq vaqt davomida böyni ezib turildi.

Uşbu voqea tasvirlari internetda tezlik bilan tarqalişi AQŞning 140dan ortiq şaharlarida norozilik namoyişlarini keltirib çiqardi. Tartibsizliklar davomida köplab öğrilik va bezorilik holatlari kuzatildi, transport vositalari yoqib yuborildi, binolar şikastlandi. Asosiy namoyiş nuqtalarida esa politsiyaning doimiy ravişda qora tanlilarga nisbatan kuç işlatişiga qarşi olomon ğazabi oşkora tarzda ifoda etildi. Köplab namoyişçilar uçun uşbu voqea uzoq yillar davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va irqiy kamsitişga qarşi norozilik kuraşi bölmoqda.

Siyosatçilar va amaldorlar bir-birlarini ayblaş bilan band

Mamlakatda sodir bölgan voqealardan keyin 40dan ortiq şaharda, xususan, Nyu-York va Vaşingtonda ham komendantlik soati e'lon qilindi. 20dan ortiq ştatda AQŞ armiyasining Milliy gvardiya bölinmalariga namoyişlarni nazorat qiliş vazifasi yuklandi. Ammo körilgan uşbu çoralarga qaramay, odamlarning köçaga çiqişi töxtamadi, namoyişlarning oldini oliş imkoni bölmadi. Floydni böğib öldirgan politsiya xodimi uçinçi darajali qotillikda ayblandi. Yuzlab namoyişçilar öqotar qurollardan foydalanganlik, öğirlik, talonçilik va tartibsizliklar uçun hibsga olindi.

Hamon davom etayotgan namoyişlar AQŞ jamiyatida çuqur siyosiy bölinişlarga sabab böldi. Hozirda siyosatçilar va amaldorlar umumiy harakatlar rejasini tuziş örniga bir-birlarini ayblaşga ötib ketişmoqda.

Masalan, demokratlar prezident Donald Trampni yetakçilik qila olmaganlikda, aytgan gaplari va xatti-harakatlari bilan mamlakatdagi irqiy ajralişni yanada çuqurlaştirib yuborişda ayblamoqda.

Tramp esa demokratlarni noqonuniy namoyişlarni qöllab-quvvatlaş va mamlakatni ğavğoga qoriştirgan guruhlarning bir parçasiga aylanişda ayblamoqda. Har ikki tomon ham sodir bölayotgan voqealardan öz siyosiy manfaatlariga mos ravişda foydalanişga harakat qilişayotganini yaşirib ötirişmayapti.