Rossiya IIV matbuot xizmatining xabar berişiça, yagona informatsion platformada har bir migrant uçun şaxsiy kabinetlar yaratiladi. Bu platforma orqali migrantlar davlat xizmatlaridan foydalanişlari, rasmiy taşkilotlar bilan mobil ilovalar orqali boğlanişlari mumkin böladi.
Bu loyiha «Rossiya Federatsiyasining 2019-2025 yillarga möljallangan davlat migratsion konsepsiyasi» asosida ilgari surilmoqda.
Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojyenovning sözlariga köra, migrantlar köpinça patentlarni yangilaşni unutadilar yoki migratsion hisobda turiş muddatini ötkazib yuboradilar. Bu öz navbatida ularning noqonuniy maqomga ötib qolişlariga sabab böladi. Loyihaning amalga oşişi bu mumammolarga barham berişi kutilmoqda.
Kojyenov migratsion hisobga oliş tizimi ham eskirganini qayd etib ötgan. Sababi, xorijdan kelganlar odatda belgilangan manzilda yaşamaydilar va şuning öziyoq tizim asosiy funksiyasini bajara olmayotganini anglatadi. Yangi loyiha işga tuşsa va har bir migrant ilovani yuklab olsa, uning qayerda yaşayotganini geolokatsiya orqali ham kuzatiş mumkin böladi.
Kun.uz mazkur loyiha migrantlarga, ayniqsa Rossiyadagi özbekistonliklarga qanday naf yoki zarar keltirişi böyiça Moskvada migrantlar huquqlarini himoyalaş bilan şuğullanuvçi huquqşunos Botirjon Şermuhammaddan izoh oldi.
«Biz odatda bunday loyihalarga skeptik yondaşamiz. Çunki qoğozda juda çiroyli, ammo amalda işlamaydi. Rossiyada şu paytga qadar ham «Yagona davlat xizmatlari portali» mavjud edi. Öşani takomillaştirib, migrantlar foydalanişi uçun qulay qilib qöyiş kifoya bölar, alohida portal tuzişga hojat yöq edi.
Mayli, bu portal yaratilibdi, lekin u qanday işlaydi? Bunisi katta söroq ostida. Sababi, migrantlarni boşqariş bilan boğliq har qanday jarayon juda korrupsiyalaşgan va undan katta daromad olayotganlar osonlikça böş kelişmaydi.
Şu paytgaça ham bunday loyihalar bölgan va ular ham köngildagiday işlamay unutilgan, hammasi oldingiday qoğozbozlik va poraxörlikka qaytavergan.
Loyihaning ikkinçi salbiy jihati, şaxsiy hayotga aralaşuv belgilari mavjudligi. Buni ham oqlab bölmaydi.
Lekin agar bu loyiha çindan ham aytilganidek işlab, migrantlar hayotini yengillaştirsa, biz buni faqat olqişlaymiz», deydi u.












