Avvalroq Özbekistonning Moskvadagi elçixonasida Orenburg va Samara oblastlarida koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan Rossiya-Qozoğiston çegarasi yaqinida vatanga qaytişni istayotgan 300 ga yaqin özbekistonlik qolayotgani ma'lum qilingan.
“Bugun (6 iyun) Özbekistonning 367 fuqarosi Samara oblastini tark etdi. Ular Qozoğiston bilan çegaradagi “Maştakovo” ötkaziş punktida (Orenburg viloyati) çegarani kesib ötdilar”, deb ma'lum qilingan oblast matbuot xizmatida “RIA Novosti” axborot agentligiga.
Ma'lum qilinişiça, Qozoğiston hududida özbekistonliklarni vatanga qaytaradigan avtobuslar kutib olgan.
May oyida Rossiya va Qozoğiston hukumati diplomatik vakolatxonalar tomonidan şakllantirilgan röyxat böyiça 280 özbekistonlikni yer usti transporti bilan Rossiya hududidan olib çiqişga ruxsat bergandi.








