Sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbirlari xabar berişiça, sud qarori bilan Qarşi tuman hokimligi mansabdorlarining fermer xöjaliklari kooperatsiyasi deyilayotgan «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJ bilan tumandagi fermerlar örtasida şartnoma tuzişga erişiş maqsadida amalga oşirgan barça harakatlari noqonuniy, deb topilgan.

Şuningdek, tuman Davlat xizmatlari markazida davlat röyxatidan ötişda «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJ nomiga kooperatsiya sözini qöşib, röyxatdan ötgan va fermerlarni şartnoma tuzişga majburlagan MÇJ guvohomasi bekor qilindi.
Ma'muriy sud qarori bilan Qarşi tuman hokimi va hokimlik mansabdor şaxslariga klaster faoliyatiga aralaşiş, uning 2020 yil uçun fermerlar bilan tuzgan şartnomasini bekor qiliş yoki özgartirişga urinişi taqiqlab qöydi.

Sud qarorida tuman hokimi Maqsuda Mustafoyevaning boş vazir örinbosari O‘.Barnoyev hamda viloyat hokimi Z.Mirzayev nomiga 2020 yil 10 aprel sanasida yozgan xatiga ham e'tibor qaratildi. M.Mustafoyevaning uşbu harakati qonunga xilof deb topildi.

Maqsuda Mustafoyeva tomonidan imzolangan mazkur xatda paxta-töqimaçilikka ixtisoslaşgan «SULTON TEX GROUP» klasteri öz sohasiga aloqasi bölmagan ğalla kombaynlari ta'miri va hosildorligi uçun berilişi lozim bölgan 5 milliard 636 millon söm mablağni ötkazib bermayotgani, klaster Qarşi şahridagi Milliybank viloyat bölimidagi hisob raqamini bir neça marta ogohlantirişlarga qaramasdan tumandagi banklarga ötkazmayotgani yozilgan.
Eslatib ötamiz, boş vazir örinbosari O‘.Barnoyevning 20 mart kuni Koson tumanida Qaşqadaryo viloyatida qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş hamda mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida ötkazgan yiğilişidan söng «SULTON TEX GROUP» xususiy korxonasi işida muammolar yuzaga kela boşlagan edi.

Kosondagi yiğilişdan keyin tuzilgan bayonnomada Qaşqadaryo viloyati hokimligi, «Agrobank» ATB, Markaziy bank viloyat Boş boşqarmasi va tijorat banklarining ğallani mineral öğitlar bilan oziqlantiriş va kimyoviy preparatlar bilan işlov beriş uçun yetişmaydigan mablağlarni tijorat krediti, paxta-töqimaçilik klasterlariga ajratiladigan paxta imtiyozli kredit mablağlari va fermer xöjaliklarining ustav fondiga jamğariladigan mablağlar hisobidan qoplaş töğrisidagi noqonuniy takliflari ma'qullangan.














