Qöşma Ştatlar davlat kotibi Mayk Pompeo brifingda Özbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan boğliq vaziyat yaxşilangani uçun maqtab ötdi.

«Özbekistonda diniy erkinlik bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş böyiça bir qator qadamlar qöyildi va bu davom etmoqda. Yil boşida men uşbu mamlakatda bölganimda, diniy arboblar bilan ajoyib muzokaralar ötkazdim», - deya ma'lum qildi u.

Uning sözlariga köra, 2019 yilda AQŞ hukumati mamlakatda diniy guruhlarga qarşi qaratilgan birorta ham operatsiya ötkazilmaganini qayd etgan. 2018 yilda bu raqam 114ta, 2017 yilda esa 240tani taşkil etgani aytiladi.

«Bu katta yutuq, haqiqiy progress, Davlat departamentining sa'y-harakatlari öz samarasini bermoqda», - deya ta'kidlab ötdi u.

Avvalroq, AQŞ koronavirus pandemiyasi davrida Özbekistonda mahkumlarning afv etilişiga yuqori baho bergandi. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyi oxirida Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ komissiyasi (USCIRF) Özbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» röyxatidan çiqardi. 

Komissiya 28 aprel kuni e'lon qilgan hisobotida AQŞ Davlat departamentiga Özbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» röyxatiga ötkazişni tavsiya etgan.

Komissiya hisobotida Özbekiston 2019 yil davomida diniy sohada amalga oşirgan özgarişlar e'tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida ta'kidlab ötilgan.