Rossiya poytaxti Moskva şahrida öz-özini izolyatsiya qiliş rejimidan çiqib, normal hayotga qaytiş ikki oyça vaqtni oladi, dedi şahar meri Sergey Sobyanin.

«Biz bunday ötiş davrining davomiyligini qariyb ikki oy deb belgilab oldik. Epidemiologik vaziyatga kiriş qisqaroq edi, qat'iy çoralar tez-tez joriy etilgan edi. Undan çiqiş esa, taassufki, uzoqroq davom etadigan körinadi», — dedi mer «Rossiya 24» telekanali efirida.

Sobyaninning aytişiça, COVID-19 ustidan töliq ğalaba qozoniş imkonsiz. U boşqa viruslar kabi insoniyat yonida «uzoq vaqt yoki abadiy» qoladi. Biroq, zararlanganlar sonining portlaş darajasida ösişiga yöl qöymasdan epidemiologik vaziyatni boşqariladigan qiliş mumkin.

Merning eslatişiça, poytaxt Moskvada ommaviy tadbirlar, kinoteatrlar, konsert zallari, sport maydonlariga boriş bilan boğliq çeklovlar saqlanib qolmoqda.

«Bu qarorlar iyul oyining boşida qabul qilinsa kerak. Şunday qilib, agar vaziyat yöl qöysa, ikki oy mobaynida biz amalda normal hayot keçiriş rejimiga ötamiz», — dedi u.

Avvalroq Sobyanin Moskvada 9 iyundan boşlab gözallik salonlari, restoranlar va fitnes-klublar oçilişi haqida e'lon qilgan edi. Jamoat joylarida niqob, qölqop taqiş va ijtimoiy masofani saqlaş majburiyati saqlanib qoladi.