Hindistonning developer kompaniyasi Özbekistonni öziga xos falsafasini amalga oşiriş markazlaridan biri sifatida tanladi. MJ Developers yaşaş, hordiq va işlaş uçun şunçaki binolar qurmaydi – ular yangi köçmas mulk bilan hayotingiz qançalik özgarişi mumkinligini namoyiş etadi.

«Şahar içida şahar» – Özbekiston uçun öziga xos loyihalar bölib, ular Hindiston, Arab Amirliklarida allaqaçon öz «uy»larini topişga ulgurganlar. MJ Developers kompaniyasi asosçisi Murari Jalan (Murari Jalan) mamlakatimiz köçmas mulk sohasining turli loyihalariga özini bağişlaş uçun Özbekistonga taşrif buyurgan. U mahalliy loyihalarda mamlakat uçun yangi golf-klublar, şuningdek, ta'lim muassasalari, tibbiyot va dam oliş maskanlarining bölişini közda tutgan. Barça loyihalar jahon standartlariga mos bölib, bizga özimiz hamda yaqinlarimizning turmuş tarzini yaxşilaş uçun haqiqiy imkoniyat beradi.

Murari Jalan Namangan şahri sobiq hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov bilan

MJ Developersning birinçi loyihasi poytaxtda emas, balki aholisi ziç bölgan Namanganda joylaşib, vodiyning haqiqiy biznes markaziga aylanişi şubhasiz. Istiqomat qiliş, işlaş, ta'lim oliş va köngiloçar maskanlar binolarining barçasi bir joyda jamlanadi. Namangan Square muvaffaqiyat va ijobiy özgarişlar timsoli böladi.

Toşkentni esa yanada ambitsiyali loyihalar kutmoqda. «Minerva City», «Lake City» «şahar içida şahar» – faxrli nomga mutlaq mos kelgan holda ulkan maydonni egallaydi. Bu yerda nafaqat turar joy uylari va ofis binolari mavjud savlatli osmonöpar inşootlar qad kötaradi, balki köplab köngiloçar markazlar ham joylaşadi, jumladan akvaparklar va basseynlar. Barçasi qulay istiqomat, mukammal şoping va hordiq, biznes yuritiş uçun bir joyda jamlangan.

Hindistonlik developerlarning asosiy falsafasi – qurilişni potensial mijozlar va taşrif buyuruvçilar turmuş tarzini yetarli darajada yaxşilaş maqsadida amalga oşiriş, ularga yuqori xalqaro standartlarga javob bera oladigan köçmas mulk sotib olişga imkoniyat beriş. Qurilişning umume'tirof etilgan eko-prinsiplari bu yerda bölişni nafaqat qulay, balki juda foydali qiladi – obektlarning 50-60 foizi yaşil hududlardan iborat, bu esa soğlom turmuş tarzini yuritişni xohlaydiganlar uçun juda muhim.