Aziz abituriyentlar va ota-onalar!
Birdaniga ikkinçi kursga qabul qiliniş mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz.
Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti esa bu MUMKIN deydi.
Endi sizda UÇ YIL içida oliy ma'lumotli böliş imkoniyati mavjud.
Turin universiteti Özbekistonda Yevropa andozalariga mos texnik ta'lim olişni istovçilar uçun şunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir.

Ta'lim jarayoni Italiyaning Turin politexnika universiteti tomonidan qabul qilingan ta'lim dasturlariga, oliy ta'limning xalqaro sifatiga mos keluvçi talablariga, Özbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlariga muvofiq olib boriladi. Universitet öz oldiga qöygan asosiy vazifalardan biri – işlab çiqariş va xöjalik obektlarini loyihalaş hamda qurişga ixtisoslaşgan taşkilot va korxonalar uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berişdir. Universitet talabalari hamda professor- öqituvçilari bir neça yillardan beri xalqaro taşkilotlarning turli dasturlarida faol iştirok etib, har yili Italiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarga almaşinuv dasturi orqali borib öz malakalarini oşirib qaytmokdalar. Bundan taşqari, talabalar Yevropaning dunyoga tanilgan yirik korxona va taşkilotlarida amaliyot ötamoqdalar.

Abituriyentlarni qabul qiliş va universitet bitiruvçilarni attestatsiyadan ötkaziş jarayoni Italiyaning Turin Politexnika universiteti tomonidan belgilangan tartibda, Özbekiston Respublikasi oliy va örta ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Şoşiling! Dunyo böylab 120 dan ortiq davlatlar tan olgan diplomga ega buling! Bitiruvçilarga Italiyaning Turin politexnika universiteti diplomi beriladi va uşbu hujjat Özbekiston Respublikasi hududida belgilangan qonunçilik normalariga mos keladigan oliy ta'lim haqidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Kiriş imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar örnatilgan imtiyoz asosida ikkinçi kursdan qabul qiliniş imkoniyatiga ega böladilar. Buning uçun abituriyent yetarli til könikmalariga ega bölişi talab etiladi. Abituriyent bu imkoniyatni rad etişi va ta'limni birinçi kursdan davom ettirişi mumkin.











