Davlat rahbari Oliy Majlisga şu yil yanvar oyidagi Murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir neçta ustuvor yönalişi rivojlantirilişini aytgan edi. Joriy yilda matematika ana şulardan biri sifatida belgilandi. 

Bu xalqimizni ham, ilmiy jamoatçilikni ham ğoyat quvontirdi. Çunki matematika yurtimizda çuqur tarixiy asosga ega va bugungi kunda taraqqiyot uçun ğoyat dolzarb.

Mamlakatimizda uşbu yönalişni rivojlantirişda Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta örin tutadi. 1943 yilda taşkil etilgan bu dargoh ötgan davrda matematik tadqiqotlarning yirik markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda şakllangan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika böyiça ilmiy maktablar jahon olimlari tomonidan e'tirof etilgan.

Lekin şu paytgaça institut eski, ta'mirtalab binoda iş yuritib kelayotgan edi.  Matematiklarga zamonaviy şaroitlar yaratiş maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar şaharçasida yangi bino qurilib, foydalanişga topşirildi.

Prezident bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan tanişdi. Yangi imoratda 7ta ilmiy laboratoriya va «Yoş matematiklar» markazi faoliyat yuritadi. Binoning şinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotçilar uçun kabinetlar, kutubxona, majlislar zali, oşxona joylaşgan. Xonalar eng ilğor texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

«Bu zamonaviy institut barça olimlar uçun ma'rifat markazi bölişi kerak. Matematika köp fanlarga yöl oçadi. Uni Talabalar şaharçasida barpo etganimiz bejiz emas. Bu institut ta'lim va ilm-fan örtasida uzviylikni ta'minlaşi, mamlakatimiz rivojiga zamin yaratişi kerak», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda ta'lim sohasi mutasaddilari, rektor va matematik olimlar bilan muloqot böldi.

«Matematika fanining tamal toşini Al-Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Rayhon Beruniy kabi uluğ bobolarimiz qöygan. Bu bizning qonimizda bor. Lekin