2020-2021 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş dasturi doirasida va Yaşnobod tumanida yöl ta'mirlaş işlari boşlanişi munosabati bilan, 15 iyundan Farğona yöli köçasining Munis köçasi va KHAY (köprik) qismidan ötgan magistral issiqlik tarmoğini kapital ta'mirlaş işlari amalga oşiriladi. 

“Toşissiqquvvati” DUK xabariga köra, ta'mirlaş işlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta'minoti uzilmagan tartibda amalga oşiriladi. Iş jarayonida Farğona yöli köçasining KXAY köçasidan Munis köçasigaça yönalişining bir qismi yopiladi va uşbu yönalişda avtotransport qatnovi öng tomondagi qöşimça yöl orqali amalga oşiriladi.

Şu munosabat bilan haydovçilarga yuzaga kelişi mumkin bölgan tirbandliklarning oldini oliş maqsadida aylanma yöllardan foydalaniş tavsiya etilgan.

“Toşissiqquvvati” yuzaga kelişi mumkin bölgan tirbandliklar va noqulayliklar uçun uzr söragan.