16:39 / 15.06.2020
17997

Kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda

Bu yil test sinovlarini 1 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma'lumot berdi.

«Joriy yil kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozir eng muhim qilinadigan ish abiuriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning hujjatlarini o‘rganib chiqish va imtihonlarni boshlab olishdan iborat bo‘lmoqda», deya Behzod Musayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kirish imtihonlari boshlanishining aniq sanasi haqida keyingi brifinglarda ham to‘liq ma'lumot berilishi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, bu yil abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar barcha hududlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali qabul qilinadi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top