Bu haqda Maminning matbuot kotibi Zarina Nurlanova Facebook’da ma'lum qildi.
Maminning koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan.
12 iyunda Maminning Jambil viloyatiga ishchi safari vaqtida Birtanov unga hamrohlik qilgan. Birtanovda koronavirus aniqlangani ma'lum bo‘lgach, Mamin koronavirusga test topshirgan va uning natijasi manfiy chiqqan. Bosh vazir videoaloqa orqali ishlashni davom ettirmoqda.
Iyun boshida koronavirus Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Kurmangalida aniqlangandi.











